Qaysi viloyatlarda eng ko‘p giyohvand hisobda turishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda yoshlar orasida sintetik narkotiklar iste’mol qilish hamda narkolog-shifokorlar yetishmovchiligi muammosi mavjud.
Sputnik

TOShKENT, 11 sen - Sputnik. O‘zbekistonda umumiy hisobda 6 mingga yaqin giyohvandlar Ichki ishlar organlari ro‘yxatida turadi. Bu haqida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromov Senatda bo‘lib o‘tgan "Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida"gi qonun muhokamasida.

"Sog‘liqni saqlash vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, hozirgi davrda giyohvandlik moddalarini iste’mol qiluvchi 5 ming 889 nafar yoshlar hisobda turibdi. Asosiy qismi – Andijon viloyatida 1232 nafar, Farg‘ona viloyatida 1093 nafar va Toshkent shahrida 1188 nafar. Qolgan viloyatlarda 500-600 nafar yoshlar hisobda turibdi", - deydi Ikromov. 

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, yoshlar orasida an’anaviy giyohvandlik vositalaridan voz kechib, psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi dori moddalarni iste’mol qilishi ko‘paymoqda. Xusasan, yangi paydo bo‘lgan "Tropikamid" iste’mol qilish va buning oqibatida og‘ir jinoyatlar sodir etish holati ko‘paymoqda.

Ushbu qonun muhkamasida so‘zga chiqqan Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Abduhakim Hojiboyev Respublikada narkologlar yetishmaslik muammosi haqida gapirdi. Hojiboyev aytishiga ko‘ra, bugungi kunda mavjud 506ta shtatdan 435tasi band, xolos. Narkologlar yetishmovchiligi eng ko‘p Navoiy viloyatida (ta’minlanish - 33%), Sirdaryo viloyatida (47%) qayd etilgan