Uzbekistan Airways samolyot bortida amal qiladigan qoidalarni e’lon qildi

Har bir reysdan so‘ng samolyot maxsus vositalar bilan yaxshilab tozalanadi, barcha yuzalar va ashyolarga ishlov beriladi. Dezinfeksiya havo kemasi sahnida ham, bagaj bo‘linmalarida ham amalga oshiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 11 sen - Sputnik. Uzbekistan Airways bosqichma-bosqich aviaqatnovlar tiklanayotgani munosabati bilan COVID-19 tarqalishining oldini olish maqsadida havo kemasi sahnida ko‘rsatiladigan servis xizmatlariga ba’zi bir o‘zgarishlar kiritishga majbur bo‘lgani haqida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekiston Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlarni rasman tikladi

Kompaniya ilgari ko‘rsatilgan xizmatlardan birortasi ko‘rsatilmayotgan bo‘lsa, buning uchun oldindan uzr so‘ragan va "biz uchun muhimi – yo‘lovchilarimiz va ekipajimiz salomatligi", - deya qo‘shimcha qilgan.

Ta’kidlanishicha, barcha ekipaj a’zolari parvozdan oldin majburiy tibbiy tekshiruvlar va harorat o‘lchovlaridan o‘tadilar. Butun parvoz davomida ular ham, barcha yo‘lovchilar singari niqob taqib, himoya qo‘lqoplarini kiyishadi.

Har bir reysdan so‘ng samolyot maxsus vositalar bilan yaxshilab tozalanadi, barcha yuzalar va ashyolarga ishlov beriladi. Dezinfeksiya havo kemasi sahnida ham, bagaj bo‘linmalarida ham amalga oshiriladi.

Samolyotning yo‘lovchi bo‘linmasidagi havo yuqoridan pastga qarab aylanib yuradi, bu esa boshqa qatordagi yo‘lovchilardan biri aksirgan holda mikrotomchilarning boshqa yo‘lovchilarning nafas yo‘llariga tushishini istisno qiladi, niqoblardan foydalanish esa mikroqismlar tarqalishining oldini oladi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyotlari virus va bakteriyalarning 99,97% ga yaqinini ushlab qoluvchi zamonaviy NERA-filtrlari bilan jihozlangan.

Samarqand va Lvov o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Suv, quloqchinlar, oziq-ovqat, shuningdek biznes klass uchun yo‘l va bolalar to‘plamlari alohida o‘ramlarda beriladi. Kosher taomlaridan tashqari boshqa maxsus taomlarga oldindan buyurtma berish mumkin.

Bort jurnallari va matbuot nashrlari vaqtincha bo‘lmaydi.

"Umid qilamizki, kiritilgan cheklovlar sizning parvozdan oladigan taassurotlaringizga ta’sir ko‘rsatmaydi. Epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan, to‘liq servis xizmatlarini ko‘rsatishga qaytamiz", - deyiladi xabarda.

Samolyot sahnida amal qilinishi lozim bo‘lgan qoida va tavsiyalar:

- butun parvoz davomida yo‘lovchilar og‘iz va burunni yopib turuvchi niqoblarni taqishlari shart (2 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari);

- qo‘l yuki sifatida siz ayollar sumkasi, portfel, noutbuk, agar bolalar bilan sayohat qilayotgan bo‘lsangiz, bolalar uchun kerak bo‘ladigan ashyolar solingan sumkani olishingiz mumkin. Boshqa barcha narsalar qatnovga ro‘yxatdan o‘tilayotgan vaqtda bagajga topshirilishi shart;

Xitoy 50ta davlat bilan avia-parvozlarni tikladi

- havo kemasiga chiqarish ijtimoiy masofa saqlagan holda amalga oshiriladi;

- agar yo‘lovchi parvoz paytida o‘zini yomon his qilsa (isitma, yo‘tal, tumov va boshqalar), zudlik bilan bortkuzatuvchini chaqirish tugmasini bosishi kerak. Ekipaj kasallik belgilari bo‘lgan yo‘lovchiga qanday munosabatda bo‘lishga o‘rgatilgan;

- parvoz paytida havo kemasi sahnida harakatlanishdan tiyilish tavsiya etiladi. Hojatxonaga tashrif buyurish uchun, uning bo‘shligiga ishonch hosil qilish maqsadida yorug‘lik tablosiga e’tibor qarating, hojatxona oldida navbat hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang.

- samolyot yerga qo‘nganidan so‘ng, ekipajning ko‘rsatmasiga qadar o‘rindan turish man etiladi. Havo kemasidan tushish ham, xuddi unga chiqqandek, ijtimoiy masofaga amal qilgan holda amalga oshiriladi.