Rim papasi jinsiy aloqani "ilohiy lazzat", deya atadi

Fransisk fikricha, ovqatdan olinadigan lazzat inson sog‘lom bo‘lib qolishiga xizmat qilsa, seks yanada go‘zallashtiradi va nasl davomchisi sifatida kafolat bo‘lib xizmat qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Sevimli inson bilan jinsiy aktdan yoki yaxshi ovqatdan olingan lazzat "ilohiydir", dedi Rim papasi Fransisk. Bu haqda pontifik iqtiboslari keltirilgan TerraFutura kitobiga tayangan holda AFP xabar bermoqda.

"Lazzat bevosita Xudoning o‘zidan boshlanadi. U katoliklarga, nasroniylarga yoki yana allakimga tegishli emas. U shunchaki ilohiy", - dedi Fransisk.

Pontifik so‘zlariga ko‘ra, cherkov hamisha "insoniylikka xos bo‘lmagan, qo‘pol va o‘ta dag‘al lazzatni" qoralagan, ammo oddiy va axloqli aloqani qabul qilgan.

Fransisk fikricha, ovqatdan olinadigan lazzat inson sog‘lom bo‘lib qolishiga xizmat qilsa, seks yanada go‘zallashtiradi va nasl davomchisi sifatida kafolat bo‘lib xizmat qiladi.