Putin va Lavrov Serbiya prezidentidan uzr so‘rashdi

Asosiysi - millatlar orasidagi yaxshi munosabatlar: Mariya Zaxarovaning Feysbukdagi posti uchun Rossiya prezidenti va tashqi ishlar vaziri Serbiya prezidentidan kechirim so‘rashdi.
Sputnik

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda TIV rahbari Sergey Lavrov Serbiya prezidentidan Aleksandr Vuchichdan uzr so‘rashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Biz juda yaxshi telefon suhbati o‘tkazdik. Prezident Putin hech qachon mendan kechirim so‘ramagan edi. Vazir Lavrov ham, lekin Zaxarovaning postidan so‘ng ular so‘rashdi. Mening o‘zim bu haqida hech narsa degan bo‘lmasam ham. Munosabatlarimiz juda yaxshi deb o‘ylayman", - dedi Vuchich milliy telekanal efirida. 

Gap shundaki bir necha kun oldin Serbiya prezidenti Vashingtonda Donald Tramp qabulida bo‘lgan edi. Shundan so‘ng OAVlarda Donald Tramp o‘z kabinetida stol ortidagi kresloda o‘tirgan Aleksandr Vuchich esa uning qarshisida stulda o‘tirgan faotosuratlari tarqalgan edi. Mariya Zaxarova ushbu holat AQSh prezidentini "o‘zini katta tutishini" anglatadi deb, mashhur "Asosiy instinkt" filmi sahnasiga o‘xshatgan edi, lekin hazil post ko‘pchillikka ma’qul bo‘lmadi. Jumladan Serbiya prezidentiga ham.