Osiyo Taraqqiyot banki o‘qituvchilar orasida maxsus so‘rovnoma o‘tkazmoqda

OTB O‘zbekistonda raqamli texnologiyalardan foydalanish holatini qay darajada ekanini aniqlash va uning istiqbollarini belgilashga qaratilgan so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 11 sen - Sputnik. Osiyo Taraqqiyot Banki (ADB) xalq ta’limi tizimida ishlaydigan 1-11 sinf o‘qituvchilari orasida maxsus so‘rovnoma o‘tkazmoqda. 

Ushbu so‘rovnoma maqsadi - O‘zbekistonda raqamli texnologiyalardan foydalanish holatini aniqlash va uning istiqbollarini belgilashdir. Shuningdek, so‘rovnoma  O‘zbekistonda ta’lim yo‘nalishini rivojlantirish uchun kelajakdagi sarmoyalarni maqsadli yo‘naltirishga yordam beradi, deyilgan xabarda.

So‘rovnomani rus, o‘zbek yoki ingliz tilida to‘ldirish mumkin. So‘rovnomada maktab joylashish hududi, shahar yoki qishloq, nechanchi sinflarga dars berishi, qanday elektron uskunalardan foydalanishi, qaysi fanlardan dars o‘tilishi, internetga bog‘lanish uslubi, aloqa sifati, internetdan qanday ko‘rinishdagi materiallar olinishi va boshqa savollar berilgan.