Kislorod konsentratorlari uy sharoitida davolanish uchun kimlarga beriladi?

Bemor natijalariga ko‘ra shifokor uskunalardan foydalanishda davom etish yoki ularni boshqa bemorlarga yo‘naltirish haqida qaror qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Qanday bemorlarga uy sharoitida davolanish uchun kislorod konsentratorlari hamda pulsoksimetrlar vaqtincha berilishi mumkinligi haqidagi savollarga AOKAda bo‘lib o‘tgan amjumanda Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha maxsus shtab a’zosi Barno Abdusamatova  javob berdi.

“SOVID-19 infeksiyaning og‘ir turini o‘tkazgan bemorlar, kasalxonadan chiqqanlaridan keyin ham organizmini tiklashlariga vaqt kerak bo‘ladi. Ularni uy sharoitida sifatli sog‘lomlashtirishni tashkil etish hamda nogironlikning oldini olish maqsadida, SSV  bemorlarga vaqtinchalik foydalanishga kislorod konsentratori va pulsoksimetrlarni berishga qaror qildi”, - deyilgan xabarda.

Dastlab uskunalar bemorga 7 kunga beriladi va uning natijalari davolovchi shifokor tomonidan o‘rganiladi. Bemor natijalariga ko‘ra shifokor uskunalardan foydalanishda davom etish yoki ularni boshqa bemorlarga yo‘naltirish haqida qaror qiladi.

Bemorlarga kislorod konsentratori va pulsoksimetrlar berish tartibi, ularni monitoring qilish va boshqa mezonlar SSVnning 8-sentabr kuni e’lon qliingan №234 buyrug‘ida batafsil aytib o‘tilgan.