Yakkasaroy tumanida olti qatorli 3 ta yo‘l o‘tkazgich qurilmoqda

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida olti qatorli 3 ta yo‘l o‘tkazgich va avtomobil yo‘li qurilmoqda. Qurilish ishlarini 2021-yilda yakunlash rejalashtirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida olti qatorli 3 ta yo‘l o‘tkazgich va avtomobil yo‘li qurilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati Sputnik nashriga ma’lum qildi.

Yakkasaroy tumanida olti qatorli 3 ta yo‘l o‘tkazgich qurilmoqda

Ular tumanning KXAY, TXAY va Qipchoq ko‘chalari oralig‘ida qurilmoqda.

Cho‘ponota ko‘prigi eng so‘nggi texnologiyalariga ko‘ra qurilmoqda. Butun dunyoda faol qo‘llanilayotgan, jahon standartlariga mos keladigan monolit oraliq qurilmalari texnologiyasini qo‘llagan holda qurilish-montaj ishlari olib  borilmoqda.

Yakkasaroy tumanida olti qatorli 3 ta yo‘l o‘tkazgich qurilmoqda

Ko‘prikning tayanch ustunlari 47 ta, ularning balandligi 13 metrgacha bo‘lishi mo‘ljallangan. Ko‘prikning estetik jihatdan chiroyli ko‘rinishi uchun ustunlarini maxsus jihozlar bilan bezatilishi nazarda tutilgan. Cho‘ponota ko‘prigining umumiy uzunligi 597 metrni, bog‘lamalari bilan birgalikda 950 metrni tashkil qiladi.

Ko‘prik qatnov qismi qoplamasining eng so‘ngi texnologiya va yuqori sifatli qurilish materiallarini qo‘llagan holda qurilishi, avtomobil va piyodalarning qulay harakatlanishini ta’minlaydi.