Amerikaning Kaliforniya shtatidagi o‘rmon yong‘inlari maydoni 881 ming gektarga yetdi. U 2018-yilda o‘rnatilgan rekorddan ham yuqori. O‘shanda olov 793 ming gektar o‘rmonni nobud qilgan edi.
O‘tgan sakkiz oy davomida kuchli yong‘inlar natijasida 3 300 tadan ziyod inshoot vayron bo‘ldi. 8 kishi tabiiy ofat qurboniga aylandi.
O‘tgan yakshanba kuni Los-Anjelesda havo harorati 49,4 darajagacha ko‘tarildi. Bu shahar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatgich.