Chet elga chiqishda taqiq borligini tekshirish uchun yangi tizim ishga tushdi

Telegram bot orqali respublika hududidan chetga chiqish huquqi cheklangan yoki cheklanmaganligi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekistonda chet elga chiqishda taqiq borligini tekshirish uchun yangi tizim ishga tushdi. Bu haqda Tashqi migratsiya agentligi xabar qilmoqda.

“Qarzdorlikni yoki taqiqni aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan @mibuzbot telegram bot orqali bir zumda o‘zingizga nisbatan taqiq bor yoki yo‘qligini bilib olishingiz mumkin”, - deyilgan xabarda.

Mazkur telegram botda respublika hududidan chetga chiqish huquqi cheklangan yoki cheklanmaganligi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.