Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Polkovnik Abdurahim Mo‘minov bunga qadar O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 9 sen - Sputnik. Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 8-sentabrdagi farmoniga muvofiq Abdurahim Mo‘minov Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Polkovnik Mo‘minov bunga qadar O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Mo‘minov 2016-2018 yillarda O‘zbekiston prezidenti xavfsizlik xizmati rahbari bo‘lgan.