Odil Ahmedov “Shanxay SIPG”ni tark etadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov faoliyatini Xitoyning boshqa jamoada davom ettiradi.
Sputnik

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Xitoyning “Shanxay SIPG” klubidagi faoliyatini yakunlab, boshqa jamoada davom ettiradi.

Futbolchi ayni paytda Xitoyning boshqa bir jamoasi – “Tyanszin Teda” bilan kelishuvga erishgan. Bu borasida ma’lumot Goal.com nashrida paydo bo‘lgan.

Odil Ahmedov joriy mavsumda klubi safida 8 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilishga muvaffaq bo‘lgan.