Moskvada koronavirusga qarshi emlash boshlandi

Rossiya poytaxtida ko‘ngillilarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Birinchi tadqiqot ishtirokchi bugun emlandi.
Sputnik

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Moskvada ko‘ngillilarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Bu haqda shahar merining ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Anastasiya Rakova ma’lum qildi.

Javoblar va savollar: Rossiya vaksinasi tanqidchilariga

“Bugun nafaqat shahar, balki butun mamlakat uchun ham muhim kun. Ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi tadqiqotlar doirasida Moskvada aholini COVID-19 ga qarshi emlash boshlandi. Bu bizga har bir kishining vaksinaga ega bo‘lish fursatini yaqinlashtirishga imkon beradi. Birinchi tadqiqot ishtirokchilari bugun emlandi”, - dedi u.

Vaksinani kiritish ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi. Birinchi bosqichda ko‘ngillilarga vaksinaning birinchi komponenti, 21 kundan so‘ng ikkinchisi kiritiladi. Komponentlar ular tarkibiga kiruvchi faol moddalar bilan farqlanadi. Bu organizmning immun himoyasini kuchaytirish uchun qilingan. Emlash bepul amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Rossiya vaksinasini xarid qilish imkoniyatini o‘rganmoqda

Rakovaning so‘zlariga ko‘ra, emlanish istagini bildirayotgan soni kundan kunga ortmoqda. Allaqachon 35 mingdan ziyod moskvaliklar ariza topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi keng muomalaga chiqarilgani xabar qilingan edi.