TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentiga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat va mas’uliyatli davlat lavozimidagi faoliyatida yangi yutuqlar, do‘st Tojikiston xalqiga esa tinchlik-omonlik, farovonlik va doimiy taraqqiyot tiladi”, - deyilgan xabarda.
Bugun Tojikistonda Mustaqillikning 29-yilligi nishonlanmoqda. Koronavirus pandemiyasi sabab keng ommaviy tadbirlar va konsert dasturlari bekor qilingan.