TOShKENT, 9 sen - Sputnik. Moskva Davlat universtitetining Toshkent filialidagi yangi fakultetlariga qanday qilib hujjat topshirish mumkin? Bu haqida filial direktori o‘rinbosari Abduxakim Mamanazarov hikoya qilib berdi.
O‘qituvchi aytishiga ko‘ra, hujjatlar qabul qilish allaqachon boshlangan. Ularni filial sayti (https://webanketa.msu.ru/) orqali onlayn topshirish mumkin.
"Abituriyentlar kirish arizalarini masofadan turib topshirishlari mumkin. MDU filiali saytiga kirib u yerda anketa to‘ldirish kerak. Imtihonlar ham onlayn bo‘ladi. Yangi yo‘nalishlar uchun ham Rosobrnadzorning litsenziyasi olingan", - dedi Mamanazarov.
Undan tashqari, kelgusi yildan boshlab yangi magistr dasturlari ochilishi kutilmoqda. Shuningdek, milliy OTMlar bilan hamkorlikda ham ta’lim dasturlari yaratish rejalashtirilmoqda.
Prorektor aytishiga ko‘ra, MDU Toshkent filialiga nafaqat o‘zbekistonlik balkim boshqa respublikadan ham talabalar o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin. Lekin xorijiy talabalar faqat kontrakt-tulov asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Batafsil Sputnik podkastida tinglang.