Lavrov: chet ellik talabalarning Rossiyaga qaytishiga oid qaror qabul qilingan

Rossiya tashqi ishlar vaziri chet ellik talabalarning Rossiyaga kirish muddati oy oxiriga qadar muayan bo‘lishini ma’lum qildi.
Sputnik

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov chet ellik talabalarning Rossiyaga kirish muddati oy oxiriga qadar muayan bo‘lishini ma’lum qildi.

Xorijiy talabalarga Rossiyaga qaytishga ruxsat berilishi mumkin

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya TIV va Rossiya ta’lim vazirligining qo‘shma taklifi asosida qaror qabul qilingan.

“Biz qo‘shnilarimiz bizga, o‘qishga kelayotganlarning birinchi safida bo‘lishini istaymiz. Aniq muddatlar yaqin orada muayan bo‘ladi. Umid qilamanki, oy davomida bu masala yopiladi”, - dedi u qozog‘istonlik hamkasbi Muxtar Tleuberdi bilan muzokaralar yakunida.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil mart oyi koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan xorijliklarga Rossiyaga kirish cheklangan edi. Iyul oyida qator xorijlik fuqarolar toifasiga Rossiyaga kirish ruxsat berildi.

Avvalroq O‘zbekiston karantin va ta’til vaqtida vatangan qaytish istagini bildirgan bir necha yuz talabalarini Rossiyadan olib ketgan edi.

Lavrov: chet ellik talabalarning Rossiyaga qaytishiga oid qaror qabul qilingan