TOShKENT, 9 sen - Sputnik. Xitoyning BOE korporatsiyasi yangi intellektual oyna ishlab chiqdi. Smart Dimming deb nomalanadigan ushbu oynaning qoraligini bir necha soniya ichida o‘zgartirish mumkin.
BOE kompaniyasi ta’kidlashiga ko‘ra Smart Dimming oyna boshqa texnologiyalarga qaraganda quyidagi ustuvorliklarga ega:
- Cheksiz qoraytirish imkoniga ega: nur o‘tkazish darajasi 1%dan kam bo‘lishi mumkin
- Energiya tejamkor: kuchlanish <12 V, quvvati - 2 Vt/m2
- Yuqori shaffoflik: ko‘kimtir rangi yo‘q va har qanday burchak ostida o‘zgarmaydi
- Qoraytirish darajasini boshqarish qulay: avtomatik/qo‘lda/dastur orqali
- Turli shakl va hajmda bo‘lishi mumkin
- Tashqi qo‘rinishi qora yoki kulrang bo‘lishi mumkin
- Tovush va haroratdan yaxshi izolyatsiya qiladi
Ushbu xususiyatlari tufayli ushbu "Aqlli" oyna nafaqat avtomobillar yon yoki tepa oynasi sifatida, balkim binolarda, anjumanlar zalida xonalarni ajratish, ofislarda va boshqa joylarda ham foydalanish mumkin.
Albatta bugungi kunda ham qoraytiriladigan oynalar ishlab chiqarilmoqda va eng qimmat avtomobillarga o‘rnatilmoqda. Hozir ular quyidagi texnologiyalar asosida yasaladi: PDLC (polimer dispersion suyuq kristall), EC (elektroxrom) va SPD (muallaq zarrachalar). Ushbu texnologiyalarning har biri o‘ziga yarasha yetishmovchilik va noqulayliklari bo‘lgani tufayli keng tarqalmagan.
BOE tomonidan ishlab chiqilgan yangi texnologiya oyna ichiga kiritilgan maxsus bo‘yoq molekulalarining aylanishini nazorat qila oladi va ularni uzoq vaqt davomida bir xil holatda ushlab tura oladi va buning uchun nisbatan kam energiya sarflaydi.