Ish joyida marixuana qovurayotgan sport maktabi qorovuli qo‘lga olindi

“Bolalar va o‘smirlar sport maktabi” qorovuli giyohvandlik moddasini iste’mol qilish uchun tanishini ish joyiga chaqirgan. Uning xonasidan sof og‘irligi 5,7 kg marixuana musodara qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ish vaqtida giyohvandlik moddasini iste’mol qilmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

2020 yilning 05-sentabr kuni soat 23:30 da IIB va Milliy gvardiya xodimlari O‘zbekiston ko‘chasida tungi xizmatni olib borayotgan vaqtlarida “Bolalar va o‘smirlar sport maktabi” binosidan o‘ziga xos hid taralayotganligini bilib, tekshirish maqsadida bino xonasiga kirishgan.

Ish joyida marixuana qovurayotgan sport maktabi qorovuli qo‘lga olindi

Xonada maktab qorovuli bo‘lib ishlovchi 38 yoshli T.B. va uning 29 yoshli tanishi D.O.lar elektr plitasi yordamida oshxona qozonida o‘ziga xos modda qovurayotganliklari aniqlashgan.

Ish joyida marixuana qovurayotgan sport maktabi qorovuli qo‘lga olindi

Mazkur xabar asosida tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida, xonada bo‘lgan televizor korobkasi va yog‘och fanera ustidagi yoyib qo‘yilgan yashil rangdagi, o‘ziga xos hidli modda, 4 dona gugurt qutisi va 2 dona 0.5 litr hajmdagi bankalarda quritilgan modda hamda chekish uchun maxsus moslama aniqlangan. Ular ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimoviy ekspertiza xulosasiga qo‘ra, T.B. dan olingan o‘simlik marixuana va sof og‘irligi jami 5,7 kg.

Bundan tashqari hodisa joyidan olingan ikki dona baklajkalar, 1 dona shisha idish va qopqoq (angishvona)da giyohvand modda, tetrogidrokannabinol yuqlari mavjudligi aniqlangan.

Ish joyida marixuana qovurayotgan sport maktabi qorovuli qo‘lga olindi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda T.B. jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Xabarda tergov jarayonida har ikkala fuqaroning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanishi qo‘shimcha qilingan.