Qozog‘iston O‘zbekistonga g‘alla va un eksportini davom ettiradi

Bugungi kunda Qozog‘istonda hosilning 60 foizi yig‘ishtirib olingan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda kam emas, shu bois Qishloq xo‘jaligi vazirligi g‘allani chet elga sotishni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmayapti.
Sputnik

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Qozog‘iston 2020-2021 yillardagi marketing yilida g‘alla va unni an’anaviy bozorlarga – O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Eronga eksport qilishda davom etadi. Bu haqda respublika qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Aydarbek Saparov ma’lum qildi.

Bosqichma-bosqich paxta va g‘alla bo‘yicha davlat rejasini bekor qilish muhokama qilindi

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda hosilning 60 foizi yig‘ishtirib olingan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda kam emas, shu bois Qishloq xo‘jaligi vazirligi g‘allani chet elga sotishni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmayapti.

“Biz dunyoning 40 tacha mamlakatlariga eksport qilamiz. Bu marketing yilida, 2020-yil iyulidan 2021-yil iyuliga qadar sakkiz million tonna g‘allani eksport qilishni prognoz qilmoqdamiz”, - dedi Saparov. Uning so‘zlaridan Sputnik Qozog‘iston iqtibos keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2021-yildan g‘allaga davlat xaridi narxini belgilash amaliyotidan to‘liq voz kechilishi xabar qilingan edi.