TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Saudiya Arabistoni sudi 2018-yil oktabrda Istanbulda o‘ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limida ayblanganlarga nisbatan yakuniy sud hukmini e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Qirollik bosh prokuraturasi rasmiy vakilining ma’lum qilishicha, qotillikda ayblangan sakkiz nafar shaxsning besh nafari 20-yil, bir nafari o‘n yil, yana ikki nafari yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Saudiyalik taniqli jurnalist Jamol Qoshiqchi 2017-yildan AQShda yashagan va Washington Post gazetasida ishlagan. U 2018-yil oktabr oyida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonada o‘ldirilgan.
Avvaliga Ar-Riyod uning konsulxonada izsiz yo‘qolganini rad etdi, biroq bir necha vaqt o‘tib video va audioyozuvlar paydo bo‘lgandan so‘ng hukumat Xashoggi “konsulxona ishchilari bilan janjal natijasida” o‘ldirilganini tan olishga majbur bo‘ldi. Turkiya politsiya xodimlari jurnalistning jasadini hozirgacha topa olishmagan.