TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi keng muomalaga chiqarildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Rossiya SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yaqin kunlarda u Rossiya mintaqalariga yetkazib beriladi.
Ta’kidlanishicha, vaksina barcha zaruriy laboratoriya sinovlaridan o‘tgan.
Avgust oyida Rossiyada dunyoda birinchi bo‘lib Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan COVID-19 ga qarshi vaksina ro‘yxatga olindi va u “Sputnik V” deb nomlandi.
Vaksinani sinash jarayonida ishtirokchilarning yuz foizida immun javobi hosil bo‘ldi va ularda nojo‘ya asoratlarni keltirib chiqmadi.
Shu bilan birga, emlangan ko‘ngillilardagi antitanachalar darajasi kasallanganlarga qaraganda 1,4-1,5 barobar ko‘p bo‘lgan.