Rossiya O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarga COVID-19 ga qarshi kurashishda qanday yordam bermoqda

Rossiya koronavirusga qarshi nafaqat o‘z hududida kurashmoqda, balki boshqa mamlakatlarga ham yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Sentabrga kelib bunday davlatlar soni 39 taga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Aleksey Stefanov. Rossiya 39 ta davlatga bir milliondan ziyod koronavirusni aniqlovchi test yubordi. Ularning 66 foizi MDH mamlakatlari, Abxaziya va Janubiy Osetiyaga to‘g‘ri keladi.

Rospotrebnadzorning Sputnik agentligiga ma’lum qilishicha, dunyoning turli burchaklaridagi tibbiyot muassasalari 1 066 200 ta tekshirishga 10 662 ta to‘plam va 1 054 700 ta tekshirish sinovga tayyorlash uchun reagentlar olgan.

Yordamning ko‘p qismi Rossiya qo‘shnilari (MDH mamlakatlari, Abxaziya va Janubiy Osetiya) olgan. Jami 699 700 tekshirishga 6 977 ta to‘plam, va 737 200 ta tekshirishga reagentlar.

Rossiya O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarga COVID-19 ga qarshi kurashishda qanday yordam bermoqda

MDH orasida eng ko‘p test, COVID-19 laboratoriya tashxisi uchun reagentlar hamda o‘tkazish punktlarini jihozlash uchun termometrlarni Qirg‘iziston olgan: 157 000 ta tekshirivga 1570 ta to‘plam, 157 000 ta tekshirish sinovga tayyorlash uchun reagentlar, tana haroratini kontaktsiz o‘lchash uchun 10 dona uskuna.

Ikkinchi o‘rinda O‘zbekiston – 138 500 ta tekshiruvga 1385 ta to‘plam, 138 500 ta tekshirish sinovga tayyorlash uchun reagentlar.

Uchinchi o‘rinda Armaniston – 100 000 ta tekshirishga 1000 ta to‘plam, 128 500 ta tekshirish sinovga tayyorlash uchun reagentlar, tana haroratini kontaktsiz o‘lchash uchun 7 dona uskuna.