Namanganda “karatechi” qiz ikki erkakni do‘pposladi

23 yoshli qiz avtomobil yo‘lida 33 yoshli U.A.ni hech bir sababsiz qasddan qo‘llari bilan urgan. Shuningdek, oyoqlari bilan tepib, do‘pposlab tan jarohati yetkazgan.
Sputnik

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Namangan viloyatida ikki nafar erkakni do‘pposlagan qizga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Hodisa 2020-yilning 25-iyun kuni sodir bo‘lgan. 23 yoshli G.A. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, Norin tumani Zarbdor MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida 33 yoshli U.A.ni hech bir sababsiz qasddan qo‘llari bilan urgan. Shuningdek, oyoqlari bilan tepib, do‘pposlab tan jarohati yetkazgan.

Namanganda “karatechi” qiz ikki erkakni do‘pposladi

Bundan tashqari, G.A. bezorilik harakatlarini oldini olayotgan 30 yoshli A.N.ga faol qarshilik ko‘rsatib, uning yuz qismiga qo‘llari bilan qasddan bir necha marotaba urgan.

Mazkur holat yuzasidan G.A.ga nisbatan O‘zbekiston JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.