Abdulla Aripov Tojikistonga tashrif buyuradi

TIV bosh vazirning qo‘shni davlatga safarining aniq sanasi va batafsil ma’lumot keyinroq e’lon qilinishini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, tashrif dasturidan ikki tomonlama uchrashuvlar, hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forum o‘rin olgan.

Qo‘shni davlatga safarning aniq sanasi va batafsil ma’lumot keyinroq e’lon qilinadi.