TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekiston bosqichma-bosqich xalqaro aviaqatnovlarni tiklashni boshlamoqda. Shu munosabat bilan Aviasales.uz tadqiqot o‘tkazdi va karantin vaqtida o‘zbekistonliklar qayerga parvoz qilishni xohlashgani hamda yaqin oylarda qayerga chipta izlashganini aniqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi oy ichida o‘zbekistonliklar eng ko‘p Rossiya, Turkiya va Janubiy Koreyaga chipta izlashgan.
“Sentabrdan dekabrgacha o‘zbekistonliklar uchib ketishni xohlagan 3-top ommabop mamlakatlar – Rossiya, Turkiya va Qozog‘iston”, - deyilgan xabarda.
Rossiyaga chipta izlashlarning umimiy hissasi 60 foizdan ko‘proqni tashkil etadi. Biroq o‘zbekistonliklar hozircha bu mamlakatga parvoz qila olishmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida muntazam parvozlar sentabrda qayta tiklanishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Ammo buni aniq aytish mumkin emas, chunki barchasi respublikadagi epidemiologik vaziyatga bog‘liq.