TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Suriyada terrorchilar makonlariga barham berilmoqda va batamom yo‘q qilinadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“Suriya hududida hozircha saqlanib qolayotgan terrorchilar makonlari yo‘q qilinmoqda va batamom yo‘q qilinadi”, - dedi u Damashqdagi matbuot anjumanida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi bugungi bosqichdagi vaziyatning xususiyati shunga bog‘liqki, Suriya Rossiya ko‘magida xalqaro terrorizmga qarshi kurashda va Suriya davlatchiligini yo‘q qilish rejasi bo‘lgan kuchlarga qarshi turdi.
Bugun Sergey Lavrov 2012-yildan buyon birinchi marta Suriyaga tashrif buyurdi. U yerda mamlakat prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi. Shuningdek, Suriya TIV rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Suriyada qurolli mojaro 2011-yildan buyon davom etib kelmoqda. 2017-yil oxirida Suriya va Iroqda “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti ustidan g‘alaba qozonilgani e’lon qilingan edi. Mamlakatlarning ayrim hududlarini jangarilardan tozalash ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda birinchi o‘rindagi ish siyosiy barqarorlik, Suriyani qayta tiklash hamda qochoqlarni qaytarish sanaladi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti