Toshkent yer usti halqa metrosi ishga tushdi – video

Toshkent yer usti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, jamoatchilik bilan birga poyezdda yurgan edi.
Sputnik

"Do‘stlik-2" bekatidan "Qo‘yliq" bekatigacha bo‘lgan mazkur yo‘nalish uzunligi 11 kilometr bo‘lib, 7 ta bekat barpo etilgan.

Birinchi bekatdan oxirgisigacha 19 daqiqada yetib olish mumkin. Bu masofada har biri 4 ta vagondan iborat 4 ta poyezd qatnaydi. Ushbu yo‘nalish kuniga 46 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Bekatlar milliy kolorit asosida, o‘ziga xos dizaynda qurilgan. Ular yo‘lovchilarga qulaylik yaratuvchi zamonaviy texnologiyalar, yo‘l kira haqini elektron to‘lash imkonini beruvchi turniketlar, eskalator bilan jihozlangan. 225 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.