Gulistonda xitoylik kelin o‘quvchilarga dars beradi

Ijtimoiy tarmoqlarda turli xil to‘siqlarga uchragan Murodjon Kenjaboyev hamda uning turmush o‘rtog‘i Li Ting haqidagi xabarlar tarqaldi.
Sputnik

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Gulistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida xitoy tilidan dars berish tashabbusi bilan chiqib, viloyatda turli xil to‘siqlarga uchragan Murodjon Kenjaboyev hamda uning turmush o‘rtog‘i Li Ting haqidagi xabarlar tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligi bu masala o‘rganib chiqilganini ma’lum qildi.

Xabarda yozilishicha, Respublika ta’lim markazi mutaxassislari ishtirokida xitoylik kelinga maktabda xitoy tilidan dars o‘tish huquqini beruvchi o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqilib imzolangan.

Gulistonda xitoylik kelin o‘quvchilarga dars beradi

“Tashabbuskor fuqaro — rivojlanishning muhim omili. Yangi g‘oya va takliflarning qabul qilinishi ilg‘or va zaruriy g‘oyalarning tug‘ilishiga zamin yaratadi”, - deyilgan xabarda.

Angliyalik qiz Farg‘onaga kelin bo‘lib tushdi

Vazirlik yaqin yillarda Guliston Xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha o‘zining maktabiga ega bo‘lishiga ishonch bildirgan.