Farg‘onada ayanchli YTH: ikki kishi KamAZ ostida halok bo‘ldi

Oltiariq tumanida 29 yoshli “Spark” haydovchisi S.F. yo‘lda uxlab qolib, KamaAZ yuk mashinasi tagiga kirib ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Farg‘ona viloyatidagi yo‘l-transport hodisasida ikki kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 6-sentabr kuni Oltiariq tumani, Hamza MFY hududidan o‘tgan 4R-148B avtomobil yo‘lining 5-kilometrida sodir bo‘lgan. 29 yoshli “Spark” haydovchisi S.F. yo‘lda uxlab qolib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. Natijada qarshisidan kelayotgan “KamAZ-53212” rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.

Farg‘onada ayanchli YTH: ikki kishi KamAZ ostida halok bo‘ldi

YTH oqibatida 29 yoshli “Spark” haydovchisi S.F. va yo‘lovchisi A.N.lar og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.