“Aholi uchun qulaylik”: Toshkent yer usti halqa metrosiga nazar

Sputnik

Birinchi bekatdan oxirgisigacha 19 daqiqada yetib olish mumkin. Bu masofada har biri 4 ta vagondan iborat 4 ta poyezd qatnaydi. Kuniga 46 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

Yer usti halqa metrosi loyihasining umumiy qiymati 422 million dollardan ziyod bo‘lib, beshta bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ikkinchi bosqichda Qo‘yliq bozori bilan Toshkent yer osti metrosining “Olmazor” bekati bog‘lanadi. Uchinchi bo‘lib “Beruniy”, undan keyin “Bodomzor” bekatigacha bo‘lgan qism quriladi.

So‘nggi bosqichda esa halqa metro liniyasi yana “Do‘stlik” bekatiga ulanadi. Bu yo‘llarning jami uzunligi qariyb 55 kilometr, bekatlar 35 ta bo‘ladi.

1 / 11
Toshkent shahrida loyihalashtirilgan yer usti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi.
2 / 11
Ushbu yo‘nalish kuniga 46 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
3 / 11
Birinchi bekatdan oxirgisigacha 19 daqiqada yetib olish mumkin.
4 / 11
Bekatlar milliy kolorit asosida, o‘ziga xos dizaynda qurilgan.
5 / 11
Ular yo‘lovchilarga qulaylik yaratuvchi zamonaviy texnologiyalar, yo‘l kira haqini elektron to‘lash imkonini beruvchi turniketlar, eskalator bilan jihozlangan. 225 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
6 / 11
"Do‘stlik-2" bekatiga kirish
7 / 11
8 / 11
Bekatlar milliy kolorit asosida, o‘ziga xos dizaynda qurilgan.
9 / 11
“Do‘stlik-2” bekatidan “Qo‘yliq” bekatigacha bo‘lgan mazkur yo‘nalish uzunligi 11 kilometr bo‘lib, 7 ta bekat barpo etilgan.
10 / 11
Bu yo‘llarning jami uzunligi qariyb 55 kilometr, bekatlar 35 ta bo‘ladi.
11 / 11
Birinchi bekatdan oxirgisigacha 19 daqiqada yetib olish mumkin. Bu masofada har biri 4 ta vagondan iborat 4 ta poyezd qatnaydi.