O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 43 mingdan oshdi

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirayotganlar soni kundan-kunga ortmoqda va 5-sentabr holatiga ko‘ra, 27 milliondan oshgan
Sputnik

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 43 075 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi.

The Lancet Rossiyaning Sputnik V vaksinasi tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi

4 sentabr kuni mamlakatda 278 yangi infeksiyalanish holatlari qayd etilgan. 

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan, qurbonlarning umumiy ko‘rsatkichi 339 nafarni tashkil qilmoqda.

Mamlakatda koronavirus qayd etilganlar soni sog‘ayganlar sonidan ko‘p bo‘ldi. Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Namangan, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Farg‘ona hamda Jizzax viloyatlarida jami 256 nafar bemor sog‘aydi.

Bemorlarning 40 432 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 %ni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 304 nafar bemordan 368 nafari og‘ir, 179 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirayotganlar soni kundan-kunga ortmoqda va 5-sentabr holatiga ko‘ra, 27 milliondan oshgan, bugungi kunda 19 milliondan ziyod inson sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan, 880 mingdan ziyod kishi qurbon bo‘lgan.