Tramp Navalniy bilan bog‘liq holatga izoh berdi

Oq uy rahbari, shuningdek, hozircha Rossiya Navalniy zaharlanishiga aloqador bo‘lishi mumkinligi yuzasidan dalillarga ega emasligini qayd etgan. Shu bilan birga, agar Rossiya yuz bergan voqeaga aloqador ekani o‘z tasdig‘ini topsa, u "juda g‘azablanishi"ni qo‘shimcha qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Qo‘shma Shtatlar bloger Aleksey Navalniy atrofidagi voqealarni diqqat bilan o‘rganadi, AQSh prezidenti Donald Tramp xuddi shunday bayonot bilan chiqish qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Novichok" "Shimoliy oqim — 2" taqdirini hal eta oladimi?

"O‘ylaymanki, agar shu rost bo‘lsa, biz buni jiddiy ko‘rib chiqishimiz kerak. O‘ylaymanki, biz shunday qilamiz", - deb aytgan u Navalniy "zaharlangani" haqidagi savolga javob berar ekan.

Oq uy rahbari, shuningdek, hozircha Rossiya Navalniy zaharlanishiga aloqador bo‘lishi mumkinligi yuzasidan dalillarga ega emasligini qayd etgan. Shu bilan birga, agar Rossiya yuz bergan voqeaga aloqador ekani o‘z tasdig‘ini topsa, u "juda g‘azablanishi"ni qo‘shimcha qilgan.

"Rossiyaga nisbatan hech kim menday o‘ta qattiqqo‘l bo‘lmagan", - degan prezident Navalniy atrofidagi voqealarga AQSh qanday javob qaytarishi lozim, degan savolga javob berar ekan.

Amerika yetakchisi nemis hukumatining blogerga nisbatan chiqargan xulosasiga ishonishini aytgan, ammo AQSh hozircha bu ma’lumotlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmaganini ta’kidlagan. Tramp Berlin yaqinda shu munosabat bilan Rossiyaga qarshi qabul qilishni rejalashtirayotgan choralarga qarshilik ko‘rsatmasligini ham qo‘shimcha qilgan.

Lukashenko Navalniyni nima uchun "zaharlashganini" aytib berdi - video

Sal oldin Germaniya hukumati bloger go‘yoki "Novichok" guruhiga mansub janovar nerv-falaj moddasi bilan zaharlangani haqida ma’lum qilgan edi. Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel shu munosabat bilan sanksiya kiritilishi mumkinligini istisno qilmadi.

Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov rossiyalik ekspertlar ham turli versiyalarni ko‘rib chiqishgani, ammo Navalniy organizmida zaharlovchi moddani aniqlay olishmagani haqida eslatib o‘tgandi. Rossiya TIV AQSh va Yevropa ittifoqi tomonidan shoshilinch ravishda dastak qilib olinayotgan ushbu teoriyani shubhali, deya atamoqda. Diplomatlarning aytishicha, zaharlanish haqidagi bayonotlar oldindan tayyorlab qo‘yilgan "javob choralarini" asoslash uchun qo‘llanilayotgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Rossiya IIV Navalniy zaharlanishini tasdiqlovchi birorta dalil topmadi

"Novichok" moddasini ishlab chiqishda ishtirok etgan olim Leonid Rink RIA Novostiga Navalniydagi kasallik alomatlari ushbu toksin bilan zaharlanishda yuz berishi mumkin bo‘lgan simptomlarga o‘xshamasligini aytgan.

Navalniyning kasalxonaga yotqizilishi

Navalniy 20-avgust kuni samolyotda o‘zini yomon his qilganidan so‘ng Omskdagi kasalxonalarning biriga yotqizilgan edi. Ko‘rik yakuniga ko‘ra, omsklik shifokorlar asosiy tashxis sifatida qonda qand miqdorining keskin pasayishiga sabab bo‘lgan moddalar almashinuvi buzilishini ko‘rsatishgan. Bunga nima sabab bo‘lgan - hozircha noma’lum. Omsklik shifokorlar ma’lumotlariga ko‘ra, Navalniy qonida va peshobida zaharlar aniqlanmagan.

Sal keyin muxolifatchi samolyotda Germaniyaga olib ketildi. Navalniy kasalxonaga yotqizilgan kunning o‘zidayoq prokuratura va politsiya tekshiruvlarni boshlab yuborishgan. Dmitriy Peskov Rossiya ushbu holatga oydinlik kiritishdan manfaatdorligini va shuni istashini, ammo buning uchun Germaniyadan ma’lumotlar taqdim etilishi zarurligini ma’lum qilgan.