Alisher Sultanov yangi lavozimni egalladi

Yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan Sultanov nomzodini qabul qilishdi va u O‘zbekiston Baydarka va kanoe federatsiyasining yangi raisi etib saylandi.
Sputnik

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Energetika vaziri Alisher Sultanov O‘zbekiston Baydarka va kanoe federatsiyasi prezidentligiga saylandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot-xizmati.

Para-kanoe bo‘yicha jahon chempionatida Shaxnoza Mirzayeva kumush medal oldi

Tayinlov bugun ZOOM platformasida O‘zbekiston Rowing&Canoe federatsiyasining navbatdan tashqari onlayn hisobot-saylov konferensiyasi davomida ro‘y bergan.

Yig‘ilish davomida Baydarka va kanoe federatsiyasi raisi Xudoyor Ahmedov o‘z xohishiga ko‘ra lavozimdan bo‘shash to‘g‘risida arizasi ko‘rib chiqilib, uning o‘rniga yangi rahbar va o‘rinbosarlar saylash, Ijroqo‘m tarkibini qayta ko‘rib chiqish singari masalalar ko‘rilgan.

Yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan Ahmedovning arizasini qabul qilishgan. O‘z o‘rnida Xudoyor Ahmedov salomatligi bois federatsiya faoliyatini boshqarishga vaqt ajrata olmayotgani, ortda qolgan 2-yildan ko‘proq vaqt davomida olib borilgan hamjihatlikdagi ish uchun tashakkur bildirgan.

Shundan so‘ng federatsiya raisligiga O‘zbekiston energetika vaziri Sultanov Alisher Saidabbasovich nomzodi qo‘yilgan. Yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan Sultanov nomzodini qabul qilishgan va u federatsiyaning yangi raisi etib saylangan.