TOShKENT, 4 sen - Sputnik. Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining birinchi kun natijalari e’lon qilindi.
2 sentabr kuni test sinovlaridan o‘tgan abituriyentlar o‘z natijalarini shaxsiy kabinetlari orqali ko‘rishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2020/2021 o‘kuv yili qabulida respublika oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari 2020-yil 2-sentabr kunidan boshlandi.
Respublika oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlari karantin talablariga qat’iy rioya qilingan holda 2020-yil 8-20 sentabr kunlari o‘tkaziladi.
Sal oldin 2-sentabr kuni 1-smena 59250 nafar abituriyent test topshirishi rejalashtirilgani, shundan 55767 nafari ishtirok etgani, 3474 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra testga kelmagani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, test sinovlari jarayonlarida tartib-qoidani buzganligi uchun 29 nafar abituriyent testdan chetlashtirilgan. Jumladan, ularning 26 nafari telefon va boshqa turli elektron vositalardan foydalangani uchun, 1 nafari shpargalka, 1 nafari kalkulyator va 1 nafari soxta hujjat bilan testga kirgani uchun chetlashtirildi.