Berlin baribir Rossiyani hayratlantira oldi. Nafaqat uni.
GFR hukumatining "Sharite" klinikasi topshirig‘iga ko‘ra, Aleksey Navalniy analizlarida toksikologik tadqiqot o‘tkazgan Bundesver laboratoriyasi "Novichok" guruhiga mansub zaharlovchi moddalar qo‘llanilganini aniqlagani haqidagi bayonoti ko‘pchilikni ich-ichidan zavqlantirdi, deyiladi RIA Novosti materialida.
Qaysi tomondan olib qaramang, zamonaviy tarixda buyuk derjava o‘z yolg‘oni yo‘lida afsona uchun o‘ylab topilgan operatsiyadan bu qadar ochiq foydalanayotgani ilk bor ro‘y bermoqda.
Oxirgi o‘n yilliklardagi jahon siyosati to‘g‘ridan-to‘g‘ri yolg‘on - davlatlarga yarashmaydigan, xunuk ish ekanligi haqidagi tasavvurlarni barbod etdi. Davlatlar hiyla ishlatishi, o‘zini tortishi, hatto serma’no ritorik konstruksiyalardan foydalanishlari mumkin, faqat ochiq yolg‘on ishlatib bo‘lmas edi. Biroq bu ularga zarur bo‘lsa yoki ular manfaatiga xizmat qilsa - bunday usuldan voz kechishmasligi ayon bo‘ldi.
Har neki bo‘lmasin, o‘yin qoidalari yolg‘on bir muncha ishonarli ko‘rinishga ega bo‘lishini talab etardi - mutaxassislar uchun bo‘lmasa ham, hech bo‘lmaganda jamoatchilik uchun. Aynan shu bois Kolin Pauel probirkasi bilan bog‘liq voqea xrestomatiyaga aylandi: AQSh Davlat kotibi Saddam Husaynda "biologik qurol ishlab chiqarish bo‘yicha relsga qo‘yilgan g‘ildirakli" zavodlar borligi haqida gapirdi va o‘z so‘zlari dalili sifatida odamlarga ko‘rsin uchun allaqanday oq kukun solingan shishachani silkitgan edi, - va dunyo unga ishondi.
Skripallarning zaharlanishi chetdan kuzatuvchilar uchun mutlaq ta’sirga ega shouga aylandi. Mutaxassislar britaniyaliklar taqdim etgan versiyalardagi ziddiyatlarga ishora qilish bilan ovora bo‘lgan bir vaqtda, keng omma skafandr kiygan kriminalistlar, qurshab olingan shahar hududlari, buzilayotgan uylar va kasalxonalarga tushgan odamlarni tomosha qildi. Gollivuddagi o‘nlab katastrofa-filmlarni tomosha qilgan odamlar uchun Yevropa markazidagi kimoviy hujum kartinasi juda ishonarli ko‘rindi.
Endi esa sahnaga Germaniya chiqdi va Navalniy zaharlanishining shunday bir versiyasini taqdim etmoqdaki, kimyo, tibbiyot va kriminalistika sohasiga zarracha aloqasi bo‘lmagan eng sodda va ishonuvchan odam ham to‘liq ishonch bilan "Ishonmayman!", deya oladi.
Nemislar tomonidan ilgari surilgan afsonada nima ko‘proq hayratga solishini aytish qiyin: superhalokatli jangovar zaharlovchi modda go‘yoki Rossiya hukumati xush ko‘rmagan odamlarni yo‘q qilishda qo‘llanilishi va har safar bu muvaffaqiyatsiz yakunlanishi, ammo u qat’iyatlik bilan ishlatilishda davom etayotgani; yoki Solsberining yarmini yo‘q qilib yuborishga qodir bo‘lgan "Novichok" Navalniyga qarshi samolyotda ishlatilgani — va bu yo‘lovchilar, vrachlar va u bilan aloqada bo‘lgan boshqa odamlarga hech qanday xavf tug‘dirmagani; yoki Rossiya blogerni chet elga davolanishi uchun yuborgani - bu ehtimol, jangovar zaharlovchi modda aniqlanganida, o‘zini navbatdagi xalqaro mojaroga dalillar bilan tutib berish uchun zarur bo‘lgan.
Professionallar ham jim turgani yo‘q. Ular zaharlanishning klinik kartinasi butunlay boshqachaligi, "Novichok" oilasi" umuman mavjud emasligi, Berlin esa hamkorlik qilish va ma’lumot taqdim etishdan o‘jarlik bilan bosh tortayotganini aytishmoqda. Agar bosh tortmaganda, ular taqdim etgan ma’lumotlarni tekshirishga imkon bo‘lardi.
Xullas, GFR barcha uchun ayon bo‘lgan yolg‘onni aytdi, va hatto unga rost ko‘rinish berish uchun o‘zini hatto qiynamadi.
Bu juda muhim bir savolni tug‘diradi: nega aynan shunday qilindi? Axir nozikroq harakat qilish mumkin edi-ku.
Yuzada juda oddiy javob qalqib turibdi: yangi sanksiyalar yaqinlashmoqda.
Rossiya unga qarshi yangi cheklov choralarini qabul qilish uchun uni hatto surishtirmasdan eng dahshatli jinoyatlarda ayblashayotganiga ko‘nikdi. Ammo bu choralar ko‘pincha "kosmetik" xarakterga egaligi ham odatiy hol bo‘lib qolgan.
Ammo, ehtimolki, hozirgi voqea istisno bo‘ladi, negaki Germaniyaning "Rossiyani jazolash - "Shimoliy oqim - 2 yopilishi"ni anglatuvchi og‘riqli muammosi mavjud. Navalniy "tashxisi" e’lon qilinishi bilanoq bu mavzu amerikalik va ayrim nemis siyosatchilari tomonidan tilga olingan edi.
Bundan tashqari, yuz berayotgan voqealar Shtatlar o‘z maqsadiga erishgani va german hukumatini gazo‘tkazgich qurilishini rad etishga majbur etganiga ham shama qilishi mumkin. Shu tufayli "Novichok — 2" operatsiyasi namoyishkorona dag‘allik bilan amalga oshirilmoqda, toki gap blogerning zaharlanishida emas, balki Vashingtonning katta geosiyosiy g‘alabasida ekanligini barcha bilib qo‘ysin.
Ammo Berlin negadir hozirgacha Navalniy ishi va "Shimoliy oqim - 2" qurilishini ajratib kelishini ta’kidlamoqda. Bu qarashlarni xavfsizlik bo‘yicha Munxen anjumani rahbari va Bavariya bosh vaziri ham qo‘llab quvvatladi.
Bundan kelib chiqadiki, bundesver kimogarlari tomonidan bayon etilgan fantastik natija "Shimoliy oqim - 2"ning hal etilgan taqdirini emas, balki millatparast va amerikaparast german elitasi o‘rtasidagi ichki kurashni aks ettiradi. Aytgancha, AQSh bilan NATO tuzilmalari orqali chambarchas bog‘langan nemis harbiylari ko‘proq ikkinchisiga taalluqli bo‘lsa kerak.
So‘nggi yuz bergan vokealarning betizgin ahmoqgarchiligi esa Germaniya suvereniteti uchun kurash olib borayotgan va uning okean ortidan turib beriladigan ko‘rsatmalarsiz ham o‘z taqdirini hal eta olishi uchun kurash olib borayotgan kuchlarga qo‘l kelmoqda.
Ichki dushmanlarga qarshi qo‘yishga boshqa hech narsa yo‘q ekan, tashabbusni qo‘lga olib - jarayonni istalgan natijaga olib kelish lozim. Bu ularning qo‘lidan keladimi - yaqin kelajakda ayon bo‘ladi.