O‘zbekiston iste’mol bozorida inflyatsiya 4,8%ni tashkil qildi

O‘zbekistonda 1-yilda iste’mol tovarlar narxi o‘sishi 11,7%ni tashkil qildi - bu o‘tgan yilga nisbatan 5%ga kam.
Sputnik

TOShKENT, 3 sen - Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yil boshidan buyon iste’mol bozoridagi narxlar o‘rtacha 4,8 %ga ko‘tarildi deb xabar qilmoqda Statistika qo‘mitasi. 

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi yanvar (+0,4%), fevral (+0,6%), mart(+0.85) va aprel oylarida o‘sishi kuzatilgan. Eng ko‘p va keskin o‘sish (+1,4%) aprelda kuzatilgan. May, iyun va iyul oylarida oziq ovqatlar narxi o‘rtacha (-0,4%) pasayishi kuzatilgan.   

2019 yil avgustiga nisbatan (1 yil hisobida) iste’mol tovarlari narxi o‘sishi 11,7 %ni tashkil qildi. Bu bir yil oldingi ko‘rsatgichga nisbatan 5%ga kam. 2018-yilning avgust oyidan 2019-yilning avgustigacha iste’mol bozoridagi narxlar o‘sishi 16,5 %ni tashkil qilgan edi.