Tojikiston hukmron partiyasi Emomali Rahmonni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatdi

Tojikistonning amaldagi prezidenti bu yilgi saylovlarda ishtirok etadi. Emomali Rahmon nomzodini Tojikiston Xalq demokratik partiyasi ilgari surdi.
Sputnik

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Tojikiston hukmron Xalq demokratik partiyasi o‘zining raisi, amaldagi davlat rahbari Emomali Rahmonni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Rahmon nomzodini partiyasining navbatdan tashqari qurultoyida barcha ming nafar delegat bir ovozdan ma’qullagan. Qurultoy ishida mamlakat yetakchisi ishtirok etmagan. O‘sha payt Rahmon Tojikiston Milliy gvardiyasining 25-yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etgan.

Avvalroq Emomali Rahmon Tojikiston Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi va respublika Yoshlar ittifoqi tomonidan prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi.

Tojikistonda prezident saylovi sanasi ma’lum bo‘ldi

Mamlakatning yettita siyosiy partiyasidan beshtasi o‘z nomzodi ilgari surgan: Rustam Latifzoda Agrar partiyasidan, Abduhalim G‘afforov Sotsialistik partiyasidan, Saidja’far Usmonzoda Tojikiston Demokratik partiyasidan, Rustam Rahmatzoda Tojikiston Iqtisodiy islohotlar partiyasidan nomzod qilib ko‘rsatilgan.

Mamlakat Kommunistik partiyasi 5-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan qurultoyida o‘z nomzodini taqdim etadi.

Tojikiston Sotsial-demokratik partiyasi o‘z nomzodini qo‘ymaslikka va prezident saylovlarini boykot qilishga qaror qildi.

Joriy yil 11-oktabr kuni Tojikistonda navbatdagi prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Bu mamlakat Mustaqillikni qo‘lgan kiritgandan keyingi oltinchi prezident saylovlaridir. 1994-yildan boshlab barcha saylovlarda Rahmon g‘olib bo‘lgan. Prezident yashirin ovoz berish yo‘li bilan yetti yilga saylanadi.