Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘irlab ketildi

Atirau shahrida ikki kishi O‘zbekiston fuqarosini o‘g‘irlab ketdi va undan ming dollardan ziyod pul talab qildi. Gumon qilinuvchilar destruktiv diniy oqim tarafdorlari ekani ma’lum.
Sputnik

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Qozog‘istonning Atirau shahrida ikki kishi O‘zbekiston fuqarosini o‘g‘irlab ketdi va undan 500 ming tenge (1192 dollar) pul talab qildi.

“24 avgust kuni ikki noma’lum shaxs o‘zining moliyaviy ahvolini O‘zbekiston fuqarosini qo‘rqitib pul olish evaziga o‘nglashga qaror qilgan.  Ular kuch ishlatib, uni uylariga olib ketgan, biroq ko‘p o‘tmay qo‘yib yuborgan. Shu bilan birga undan 500 ming tenge olib kelishni talab qilishgan”, - deyiladi mamlakat IIV rasmiy portalida.

O‘sha kunning o‘zida jabrlanuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organga ariza bilan murojaat qilgan. Natijada Atirau shahridan bo‘lgan 37 yoshli va Jiliko‘l tumanidan bo‘lgan 41 yoshli gumon qilinuvchilar qo‘lga olingan. Qo‘lga olinganlar destruktiv diniy oqim tarafdorlari ekani ma’lum.

Ulardan biri muqaddam bir necha marta sudlangan. Hozir u tergov hibsxonada saqlanmoqda. Uning sherigi esa uy qamog‘iga olingan.

Qozog‘iston JKning “Tovlamachilik” moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda