Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegaradagi o‘tkazish punktlarini ochdi

Ikki mamlakat fuqarolari bugundan boshlab chegarani “Do‘stlik-avtoyo‘l”, “Qizil-Qiya-avtoyo‘l”, “Madaniyat-avtoyo‘l” va “Baymak-avtoyo‘l” o‘tkazish punktlari orqali kesib o‘tishlari mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Qirg‘iziston koronavirus pandemiyasi sabab yopilgan O‘zbekiston bilan chegaradagi o‘tkazish punktlar ishini qayta tikladi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat chegara xizmati xabar bermoqda.

“2020 yil 2-sentabrdan boshlab Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘tkazish punktlari orqali transport va fuqarolar kirish-chiqishi uchun qo‘yilgan cheklovlar olib tashlandi”, - deyilgan xabarda.

Respublika hududiga cheklovsiz kirish mumkin, ammo sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya qilish talab etiladi.

Ikki mamlakat fuqarolari bugundan boshlab chegarani “Do‘stlik-avtoyo‘l”, “Qizil-Qiya-avtoyo‘l”, “Madaniyat-avtoyo‘l” va “Baymak-avtoyo‘l” o‘tkazish punktlari orqali kesib o‘tishlari mumkin.

Transport vositalari chegaradan “Do‘stlik-avtoyo‘l”, “Qizil-Qiya-avtoyo‘l”, va “Qadamjoy-avtoyo‘l” nazorat o‘tkazish punktlari orqali o‘tishlari mumkin.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tishdagi yangi tartib bilan quyida tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 1 sentabrdan O‘zbekiston fuqarolariga Qirg‘izistonga kirishga ruxsat berilgan edi.