Ramzan Qodirovning qizi Checheniston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Qodirovning aytishicha, tayinlov qarori Checheniston madaniyat vaziri Xoj-Baudi Daayev tashabbusi bilan qabul qilinganini ta’kidlagan
Sputnik

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Ayshat Qodirova Checheniston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar qildi region rahbari Ramzan Qodirov.

Qodirov “asr bitimini” musulmon dunyosiga qarshi jinoyat deb atadi

"Ayshat Qodirova Checheniston Respublikasi madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi", - deb yozgan u o‘zining Telegram-kanalida.

Checheniston rahbari so‘zlariga ko‘ra, Qodirova eng murakkab loyihalar bilan ishlash tajribasiga ega. Ramzan Qodirov Ayshat kolleksiyalari ko‘plab davlatlarda qadrlanadigan modalar uyiga rahbarlik qilganini, butun dunyoga chechen urf-odatlari va an’analarini namoyish etganini eslatib o‘tgan.

Respublika rahbari shuningdek, Qodirova Checheniston filarmoniyasi rivojiga hissa qo‘shganini qo‘shimcha qilgan. Mart oyida u "Chechen Respublikasi oldida ko‘rsatgan xizmatlari uchun", medali bilan bilan taqdirlangan.

Qodirovning aytishicha, tayinlov qarori Checheniston madaniyat vaziri Xoj-Baudi Daayev tashabbusi bilan qabul qilinganini ta’kidlagan.