Peskov: ODKBning bir a’zosiga bo‘ladigan tahdid barcha ishtirokchilar uchun xatarlidir

Belarusda Rossiya o‘z harbiy bazasini joylashtiradimi, degan savolga javob berar ekan, Peskov bu masala kun tartibidan o‘rin olmaganini ta’kidlagan.
Sputnik

TOShKENT, 2 sen - Sputnik. Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga a’zo istalgan davlatga bo‘ladigan tashqi tahdid barcha ishtirokchi davlatlar uchun xavf tug‘diradi, deb xabar qildi RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

Lukashenko Latviya, Litva va Estoniyaning “qora ro‘yxatiga” tushdi

Sputnik Belarus xabariga ko‘ra, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko agar Ittifoq davlatning g‘arbiy chegarasida "qimirlashsa", Minsk va Moskva qo‘shma qurolli kuchlar uyushmasini ishga solishlari haqida bayonot qilgan.

Belarusda Rossiya o‘z harbiy bazasini joylashtiradimi, degan savolga javob berar ekan, Peskov bu masala kun tartibidan o‘rin olmaganini ta’kidlagan.

Sal oldin RF TIV rahbari Sergey Lavrov, nega Rossiyani Belarusdagi voqealar tashvishga solayotgani haqida to‘xtalar ekan, "Minsk - RFning strategik sherigi" ekanligini qayd etib o‘tgan edi.

Putin va Lukashenko Moskvada uchrashishga kelishib oldi

Eslatib o‘tamiz, Belarusdagi ommaviy protestlar 9-avgust kuni, prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko g‘alaba qozongach boshlangan edi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, u 80,1 foiz ovoz olgan. Oppozitsiya saylovlarda Svetlana Tixanovskaya g‘alaba qozondi, deya hisoblaydi. Aksiyaning ilk kunlarida kuch tuzilmasi xodimlari protest qatnashchilariga nisbatan ko‘z yosh chiqaruvchi gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina o‘qlarni ishlatishgan. So‘ngra, huquq tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch metodlaridan foydalanishni to‘xtatishdi.

Rasmiy ma’lumotlarga, ilk kunlarda 6,7 mingdan ziyod qo‘lga olingan. IIV xabariga ko‘ra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangan, jumladan, 120dan ortiq kuch xodimlari ham. Belarus hukumati ma’lumotiga ko‘ra, uch kishi qurbon bo‘lgan.