Ekspert Farg‘ona vodiysidagi halqa temir yo‘li afzalliklari haqida

Lokomotiv parki elektrlashtirish va yangilash loyihalarini amalga oshirish guruhi boshlig‘ining o‘rinbosari Chingiz Kudabekov Farg‘ona vodiysidagi halqa temir yo‘li afzalliklari haqida so‘z yuritdi.
Sputnik

Mintaqaning uch viloyatini – Andijon, Farg‘ona, Namangan – halqa temir yo‘li bog‘ladi.

Halqa yo‘lning umumiy uzunligi 331 kmni tashkil etadi. To‘xtab turish bekatlari ekspress elektropoyezdda – 5 ta, elektropoyezdda – 35 ta. Ekspress elektropoyezdda yo‘lda sarflanadigan vaqt 5 soat 30 daqiqa, elektropoyezdda esa 7 soat 30 daqiqani tashkil etadi.

Farg‘ona vodiysida halqa temir yo‘li ishga tushdi

“Endi “A” punktdan “B” puntkga yuklarni yetkazib berish, yo‘lovchilarni tashish sur’ati tezlashadi. Teplovozlarni elektrovozlarga almashtirish bizga mintaqadagi ekologik muhitni yaxshilash imkonini berdi. Eng yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan. Bu bizga barcha uchastkalarda tizimlarni yaxshilash va avtomatlashtirishga imkon berdi”, - dedi Kudabekov Sputnik muxbiriga bergan intervyusida.

Loyiha 45 million dollarga baholangan va 2021-yilning birinchi choragida to‘liq ishga tushishi rejalashtirilmoqda.