Dunyoning eng baland binosi O‘zbekiston bayrog‘i rangiga kirdi

Dunyoning eng baland binosi "Burj-Xalifa"da O‘zbekiston Mustaqilligini kuni munosabati bilan o‘zbek bayrog‘i rangidagi illyuminatsiyalar yondi
Sputnik

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklaridagi eng baland osmono‘par bino - "Burj-Xalifa" O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharofati bilan mamlakat bayrog‘i rangiga bo‘yaldi.

Ushbu go‘zal tomosha videosi binoning Instagram-akkauntida paydo bo‘ldi.

Dubay shu tariqa o‘zbek xalqini milliy bayram bilan qutladi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston joriy yilda Mustaqillikning 29-yilligini nishonlamoqda.

Pandemiya sharoitidagi ilk Mustaqillik bayrami qanday nishonlanmoqda - video

Ma’lumki, o‘zbek bayrog‘i BAAning 828 metrli osmono‘par binosida birinchi marta paydo bo‘layotgani yo‘q. Bir yil avval O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrifi munosabati bilan bino fasadi O‘zbekiston bayrog‘i tusiga kirgan edi.