TOShKENT, 2 sen - Sputnik. O‘zbekistonda bugundan 2020-2021 o‘quv yiliga kirish imtihonlari boshlandi.
Imtihonlar soat 2-sentabrdan boshlanib 14 kun davomida 2 smenada bo‘lib o‘tadi. Ob-havo yomg‘irli bo‘lgan kunlarda imtihon keyingi kunga qoldiriladi.
- Birinchi smena 8:00 - 11:00 gacha
- Ikkinchi smena 17:00 - 20:00 gacha
Imtihonlarga o‘z vaqtida kirish uchun abituriyentlarga 1 -1,5 soat oldin kelish tavsiya etiladi. Kechikkan abituriyentlar testga kiritilmaydi.
Abituriyentlar o‘zlari bilan 2ta hujjat olib kelishlari kerak:
1. Pasport (original)
2. Abituriyent ruxsatnomasi
Boshqa hujjatlar: pasport nusxasi, harbiy guvohnoma, haydovchilik guvohnomasi - o‘tmaydi.
Abituriyent ruxsatnomasini abituriyentning shaxsiy kabinetidan yuklab olish mumkin. Abituriyent guvohnomasida test sanasi, vaqti va joyi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Imtihonlar ochiq havoda bo‘lib o‘tayotgani tufayli abituriyentlarga bosh kiyimda kelishga ruxsat berildi.