ArMI-2020: o‘zbekistonlik tankchilar yarim finalda uchinchi bo‘lishdi

Moskva viloyatidagi “Alabino” poligonida ArMI-2020 Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida “Tank biatloni”ning yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida “Tank biatloni” musobaqasining yarim finalida O‘zbekiston jamoasi uchinchi bo‘ldi.

Mutlaq g‘olib: O‘zbekiston ArMI-2020 musobaqasining yana bir yo‘nalishida tengsiz

Moskva viloyatidagi “Alabino” poligonida ArMI-2020 Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida tank biatlonining yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa yakunlari quyidagicha bo‘ldi: Rossiya - 1.39.24, Qozog‘iston - 1.59.16, O‘zbekiston - 2.05.16 (24 ta nishondan 14 tasi aniq nishonga olindi) va Qirg‘iziston-  2.38.10.

Barcha mamlakatlar Rossiya tanklarida ishtirok etdi. Tank biatlonida har bir jamoadan 3 ta ekipaj ishtirok etdi. Tankchilar tankni, vertolotni va tankka qarshi otuvchi qurolni imitatsiya qiluvchi nishonlarga o‘q uzishdi.