Amerika jurnali Rossiyaning eng xavfli jangovar samolyotini aytdi

NATO “Blackjack” deb nom bergan Tu-160 samolyoti Amerika Qo‘shma Shtatlarida Rossiyaning eng xavfli samolyoti deb tan olindi.
Sputnik

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Tu-160 strategik raketa tashuvchi bombardimonchi Rossiyaning eng xavfli harbiy samolyoti sanaladi. Harbiy ekspert Petr Butovskiy Amerikaning “Aviation Week & Space Technology” jurnaliga shunday fikrni bildirdi.

Britaniyaliklar Rossiya floti qudratini tan olishdi

Butovskiy Tu-160 ni dunyodagi eng katta harbiy samolyot deb atadi. U bombardimonchining jangovar xususiyatlariga to‘xtalib, oldinda turgan modernizatsiyadan keyin samolyot orttirilgan uzoqqa uchish X-BD raketasini olishini ta’kidladi.

Ekspert hozirda Rossiya Havo kosmik kuchlari tarkibida 17 dona raketa tashuvchi Tu-160 borligini eslatdi, lekin mamlakat Mudofaa vazirligi 2027-yilga kelib yana o‘n dona bombardimonchini yetkazib berishga shartnoma tuzgan.

Shuningdek, muallif Tu-160 ning Suriyada terrorizmga qarshi kurash kurashda ishtirok etgani va Venesuela va Janubiy Afrikaga parvozlarini yodga oldi.