TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Turkiyada “Islom davlati”* terrorchilik guruhining “amiri” qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat IIV rahbari Suleyman Soylu ma’lum qildi.
“IShID*ning jiddiy rejalari bo‘lgan Turkiya amiri deb ataluvchisi qo‘lga olindi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarni tabriklayman”, - deya yozgan Soylu Twitter᾽dagi sahifasida.
Avvalroq Afg‘onistonda “IShID qassobi” laqabli razvedka boshlig‘i o‘ldirilgani xabar qilingan edi.
Rossiya FXX IShID* uchun pul yiqqan guruhni qo‘lga oldi
* “Islom davlati” (ID, IShID) – Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti