Tramp Bayden saylansa AQShni “inqilob” kutayotganini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp uning raqibi, Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden saylansa, mamlakatda inqilob bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp uning raqibi Jo Bayden prezident etib saylansa, AQShni “inqilob” kutishi mumkinligini ma’lum qildi.

Jo Bayden Amerika iqtisodiyotini yo‘q qilishga va’da bermoqda

“Bayden saylansa, ular (radikal so‘l kuchlar) hokimiyatni qo‘lga oladi. U zaif inson. Uni qo‘g‘irchoq singari nazorat qilishadi... bu inqolob”, - dedi u Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

“U zaif inson va butun umr shunday bo‘lgan... U prezidentlikka da’vogarlik qilmasligi kerak”, - deya fikr bildirgan Tramp Bayden haqida.

Boshlovchining Baydenni kim nazorat qilayotgani haqida savoliga Tramp aniq javob berishdan bosh tortgan.

Noyabrda rejalashtirilgan saylovlarda prezident lavozimi uchun amaldagi prezident Donald Tramp va sobiq vitse-prezident Jo Bayden da’vogarlik qilmoqda.