TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Rossiyada o‘tgan sutka davomida 4 729 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. COVID-19 bemorlarining umumiy soni 1 000 048 nafarga yetdi. Bu haqda Moskva tezkor shtabi xabar qilmoqda.
Koronavirusdan 815 705 (+6 318) kishi tuzalib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Jami 17 299 (+123) bemor infeksiya qurboniga aylangan.
Dunyo bo‘ylab koronavirus yuqtirib olganlar soni 25,6 milliondan oshgan. 18 millionga yaqin kishi undan shifo topgan. 850 mingdan ziyod kishi esa ushbu kasallik qurboni bo‘lgan.
Koronavirus aniqlangan holatlar bo‘yicha yetakchi davlat quyidagicha: AQSh (6,2 mln), Braziliya (3,9 mln), Hindiston (3,6 mln), Rossiya (1 mln) va Peru (652 ming).