Putin SSSR xalqlarining ommaviy yo‘q bo‘lishiga nima olib kelgan bo‘lishi mumkinligini aytdi

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Ulug‘ Vatan Urushida shaharlar jangsiz taslim bo‘lishi, SSSR va Rossiya xalqlarining ommaviy yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelgan bo‘lishini mumkin edi.
Sputnik

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ulug‘ Vatan Urushida shaharlar jangsiz taslim bo‘lganida, bu SSSR va Rossiya xalqlarining ommaviy yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelgan bo‘lishini mumkinligini ma’lum qildi.

“Agar biz, ayrimlar bugun o‘ylayotgandek, go‘yoki jangchilarimiz hayotini saqlab qolib, shaharlar, aholi punktlarimizni jangsiz taslim qilganimizda, pirovardida bu jangda yutqizgan bo‘lar edik. Va bu Sobiq Ittifoq va bugungi Rossiya Federatsiyasining deyarli barcha xalqlarining ommaviy yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelgan bo‘lar edi – mana sizu bizning ota-bobolarimiz qo‘lga kiritgan G‘alaba qiymati va muhimligi”, - dedi Putin. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Shuningdek, u xotirani saqlash davlat ahamiyatiga ega vazifa ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya yetakchisi tarixni ko‘chirishga rozi bo‘layotganlarni kollaboratsionistlar deb atagani xabar qilingan edi.