Pandemiya sharoitidagi ilk Mustaqillik bayrami qanday nishonlanmoqda - video

Butun dunyoda tarqalgan koronavirus O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Pandemiya sharoitida fuqarolar salomatligini o‘ylab Mustaqillik bayramini keng nishonlash bekor qilindi.
Sputnik

Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat bu yil joylarda katta yig‘in va ommaviy sayillar o‘tkazishni, shuningdek, bog‘ va ko‘ngilochar maydonchalarda konsert dasturlari tashkil etishni, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida mushakbozliklarni cheklashni talab qilmoqda. Bu borada fuqarolar qanday fikrda? Ular ulug‘ ayyomni qanday nishonlashmoqda? Sputnik muxbiri ularning fikrini bilishga qiziqdi.

Ularning fikrini videomizda bilib olishingiz mumkin.